Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugungi ob-havo: shimolga salqinlik kela boshladi

Bugungi ob-havo: shimolga salqinlik kela boshladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 26 iyul kuni O‘zbekistonda havo issiq bo‘ladi, faqat Xorazm viloyatida ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin. Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 38-43 daraja, janubda ba’zi joylarda 45 darajagacha, shimolda 32-37 daraja bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo quyoshli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 41-43 daraja atrofida saqlanib turadi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring