Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi.

Bunyodkor ko‘chasining ichki dublyori vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi

24/7 Bunyodkor yangi sayr-gastro ko‘chasida yirik tadbir o‘tkazilishi munosabati bilan ko‘chaning ichki dublyori 12-sentyabr soat 07:00 dan 15-sentyabr soat 07:00 gacha transport harakati uchun yopiq bo‘ladi. 

Bunyodkor ko‘chasining o‘zi hamda ko‘chaning tashqi dublyori yopilmaydi. 

"Yo‘nalishlaringizni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olishingizni va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanishingizni so‘raymiz. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdormiz", deyiladi hokimlik xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring