Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buvaydalik direktorni ishdan bo‘shatgan boshqarma boshlig‘iga chora ko‘rildi

Buvaydalik direktorni ishdan bo‘shatgan boshqarma boshlig‘iga chora ko‘rildi

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘iga maktab direktorini lavozimidan olish, shuningdek yangi direktorni ishga tayinlash jarayonlarida mehnat qonunchiligi talablarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.

Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi axborot xizmati ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning avvalida Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 37-sonli umumta’lim maktabi direktorining o‘qituvchilarni tun-u kun navbatchilikka majbur qilgani aytilgan xabar berilgan edi. 

Ammo bir muddat o‘tib, maktablarda xodimlarni navbatchilikka majburlash bo‘yicha  XDFU (xizmat doirasida foydalanish uchun) grifi bilan hududiy boshqarmalarga yo‘llangan topshiriq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bergani ma’lum bo‘lgandi.

Davlat mehnat inspeksiyasi esa mazkur holatni o‘rganib, maktab direktori Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan mehnat qonunchiligi talablari buzilgan holda ishdan olinganini aniqlagan.

Shu bois inspeksiya tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmaga asosan, Boshqarmaning 2026 yil 6 yanvardagi 1-k-sonli buyrug‘i bekor qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring