Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi
Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi.
Hukumat qarori (402-son, 23.07.2026-y.) bilan Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, aholi soni va hududi:
-aholi soni o‘sishi - 289,19 ming kishidan hisob davrida - 385,0 ming kishiga;
-shaharning hududi - 7 966,78 gektardan hisob davrida - 11 847,06 gektarga o‘zgaradi.
Uy-joy qurilishi va uy-joy fondi:
-uy-joy fondi umumiy maydoni - 4 456,31 ming kv metrdan hisob davrida - 8 085,0 ming kv metrga;
-uy-joy maydoni bilan ta’minlanish darajasi bir kishiga - 15,4 kv metrdan hisob davrida - 21,0 kv metrga;
- uy-joy fondi qisqarishi hisob davrida - 114,66 kv metrni tashkil qiladi.
Aholining ijtimoiy soha obyektlariga bo‘lgan talabini amaldagi me’yorlarga moslashtirish maqsadida soha ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda o‘zgaradi:
- madaniy, maishiy va kommunal obyektlarni aholining ijtimoiy ehtiyojlariga va amaldagi me’yorlarga javob beradigan darajaga yetkazish;
-bo‘sh hududlarda mavjud vaziyat bilan birgalikda markazni rivojlantirish, yangi jamoat majmualarini qurish.
Jamoat transporti, avtomobil yo‘llari va ko‘chalar hisob davrida:
- magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 km dan 203,0 km gacha oshiriladi (birinchi navbatda 155,35 km gacha);
- yiliga yo‘lovchi tashishlar soni bo‘yicha - 163,8 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter