Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda mansabdor pora bilan ushlandi

Buxoroda mansabdor pora bilan ushlandi

Videodan kadr.

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida 1993-yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi.

U Shofirkon tumani O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tuman jamiyati raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxs muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Tovlamachilik), 168-moddasi (Firibgarlik) hamda 228-(Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish) moddalari bilan sudlangan bo‘lgan. Va shunga qaramasdan, yana mas’ul lavozimga tayinlangan.

Tezkor tadbir jarayonida u tuman hokimligida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hududidagi ziyoratgoh va avtoturargoh atrofidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 20 kvadrat metr yer maydoni ajratib berish, shuningdek, ushbu yerda yengil konstruksiyali qurilish ishlarini amalga oshirishga ruxsat olib berishni va’da qilgan. Bu «xizmatlari» evaziga fuqarodan 500 AQSh dollari olayotgan vaqtda u ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Buxoro shahar bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring