Budjet tashkilotlarida oyliklar kechikishi sababi ma’lum qilindi
Budjet xodimlari maoshlari to‘lanishidagi kechikish UzASBO-2 tizimiga o‘tishda yuzaga kelgan texnik nosozliklar bilan bog‘liq.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha «UzASBO-2» tizimiga o‘tish munosabati bilan tizimda ayrim muammo va uzilishlar kuzatilmoqda.
«Bugungi kunda ushbu nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi hamda «UzASBO-2» tizimi orqali budjet tashkilotlarining dekabr oyi ikkinchi yarmi uchun 35 foiz budjet tashkilotlarining ish haqlari moliyalashtirib berilishi ta’minlandi.
Ish haqini to‘lash jarayonida «UzASBO-2» tizimining bir maromda ishlashi uchun mutaxassislar tomonidan monitoring olib borilmoqda va ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) moliyalashtirib berish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter