Centrum Air Toshkent–Karachi va Toshkent–Aqto‘be yo‘nalishlarini ishga tushirmoqda
Centrum Air aviakompaniyasi xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish doirasida ikkita yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘nalishni ishga tushirishini e’lon qiladi. Birinchi yo‘nalish — Toshkent (TAS) – Aqto‘be (AKX) 2026 yil 2 avgustdan, ikkinchi yo‘nalish — Toshkent (TAS) – Karachi (KHI) esa 2026 yil 3 sentyabrdan ishga tushiriladi. Har ikkala yo‘nalish ham kuzgi parvozlar jadvali doirasida haftasiga ikki marta amalga oshirilib, O‘zbekistonni Qozog‘iston va Pokistonning muhim iqtisodiy markazlari bilan ishonchli aviaqatnov orqali bog‘laydi.
Mazkur ikki yo‘nalishning ochilishi Centrum Air yo‘lovchi tashuvlari rivojida muhim strategik qadam hisoblanadi. Toshkent–Aqto‘be yo‘nalishi yo‘lovchilarga G‘arbiy Qozog‘istonning yirik iqtisodiy markazlaridan biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetib borish imkonini bersa, Toshkent–Karachi yo‘nalishi Pokistonning eng yirik port shahri va iqtisodiy markazi bilan bevosita aviaqatnovni ta’minlaydi. Har ikkala yo‘nalish ham Centrum Air’ning Markaziy, Janubiy va G‘arbiy Osiyodagi tobora kengayib borayotgan yo‘nalishlar tarmog‘ini mustahkamlab, mintaqada ishbilarmonlik safarlari, turizm va madaniy almashinuv rivojiga xizmat qiladi.
Toshkent–Aqto‘be
Yangi yo‘nalish quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Yakshanba va chorshanba:
S6213: Toshkent 21:40 – Aqto‘be 00:00
S6213: Toshkent 21:20 – Aqto‘be 23:40
Dushanba va payshanba:
S6214: Aqto‘be 01:00 – Toshkent 03:10
S6214: Aqto‘be 00:50 – Toshkent 03:00
Aviachipta narxlari:
• Toshkent – Aqto‘be: 1 259 733 so‘mdan (104 USD)
• Aqto‘be – Toshkent: 1 130 728 so‘mdan (93 USD)
• Toshkent – Aqto‘be – Toshkent: 2 178 828 so‘mdan (179 USD)
Toshkent–Karachi
Toshkent–Karachi yo‘nalishi 3 sentyabrdan yo‘lga qo‘yiladi va quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Payshanba:
S6565: Toshkent 00:50 – Karachi 04:20
S6566: Karachi 05:20 – Toshkent 08:20
Shanba:
S6565: Toshkent 23:20 – Karachi 02:35 (+1 kun)
S6566: Karachi 03:35 – Toshkent 06:45
Aviachipta narxlari:
• Toshkent – Karachi: 2 mln so‘mdan (173 AQSh dollari)
• Karachi – Toshkent: 2,9 mln so‘mdan (243 AQSh dollari)
Har ikki yo‘nalish bo‘yicha reyslar zamonaviy va qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Ushbu havo kemasi yonilg‘i tejamkorligi, ishonchliligi va yo‘lovchilar uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Samolyot mintaqaviy yo‘nalishlarda parvozlar yoqimli o‘tishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlangan.
Yo‘lovchilar har ikkala yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalarni Centrum Air’ning rasmiy sayti yoki mobil ilovasi (App Store va Google Play) orqali bron qilishlari mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter