Senzura OAVning erkinligini buzish deb topilishi mumkin
Ommaviy axborot vositasi erkinligini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.
Yangi tahrirdagi qonunning 50-moddasiga ko‘ra, quyidagilar OAVning erkinligini buzish deb topilishi mumkin:
- fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslari, jamoat birlashmalari tomonidan ta’sischilar, tahririyatlar, ommaviy axborot vositalari noshirlari va tarqatuvchilarining, shuningdek jurnalistlarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish;
- senzura;
- tahririyat faoliyatiga noqonuniy aralashish va uning ixtisoslashuv erkinligining buzilishi;
- ommaviy axborot vositalarining noqonuniy tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi;
- tahririyatning ma’lumot so‘rash va olish huquqi buzilishi;
- bosma nashrni chop etishning noqonuniy to‘xtatilishi, uning bir qismi yoki to‘liq adadining yo‘q qilinishi;
- qonuniy asosda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositasi mahsulotining tarqatilishiga to‘siq qo‘yish, davriy nashrlar bosma nashrlarning chakana savdosiga noqonuniy cheklovlar qo‘yish;
- jurnalistni axborotni tarqatish yoki uni tarqatishni rad etishga majbur qilish;
- jurnalist bilan muloqot qilish va unga axborot taqdim etishga asossiz chegara qo‘yilishi, tijorat yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan, davlat siri tarkibiga kiruvchi ma’lumotlar bundan mustasno;
Mazkur belgilangan jurnalist huquqlarining buzilishi tegishli qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy, ma’muriy, intizomiy yoki boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter