Chegarada otilgan Qirg‘iziston fuqarosi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi
Bugun, 7-aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati Mamay Aksiy tumani hududida harakatlanib ketayotgan fuqaro F.M. o‘zbekistonlik chegarachilar tomonidan otib qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.
«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, aslida voqea sal boshqacharoq bo‘lgan. Qirg‘iziston fuqarosi F.M. dastlab O‘zbekiston hududida edi. Chegarachilar uni to‘xtatishga uringan, lekin fuqaro buyruqqa bo‘ysunmagan hamda qochishga tushgan. So‘ng chegarachilar avval havoga o‘q uzgan, yana harakat to‘xtamagach, F.M.ga nisbatan qurolli harakat bo‘lgan va u yaralangan.
Jarohat olganiga qaramay, F.M. yana yugurishda davom etgan va Qirg‘iziston Respublikasi hududiga yetib borgan. U yerda uni avtomobil va sheriklari kutib turgan. Shu tariqa mashinada shifoxonaga olib ketilayotganda yo‘lda joni uzilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayrim xorijiy OAV orqali hodisa sodir bo‘lgan vaqtda Qirg‘iziston fuqarosi O‘zbekiston hududida bo‘lgani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter