Chirchiq daryosi bo‘yida «Yangi Toshkent» qurilishi mumkin (video)

Buyuk Britaniyadagi Benoy arxitektura kompaniyasi Chirchiq daryosi bo‘yida qurilishi mumkin bo‘lgan «Yangi Toshkent» loyihasini e’lon qildi. Unga ko‘ra «yangi poytaxt» 20 ming gektar maydonda joylashishi va unda 2 million aholi yashashi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Britaniya kompaniyasiga asoslanib «Uznews» xabar berib o‘tdi.
Britaniyalik mutaxassislar «Yangi Toshkent»da hukumat kvartali, biznes markaz, xorijiy davlatlar elchixonalari, yangi aeroport va boshqa binolar bo‘lishini taklif qilmoqda. «Yangi Toshkent» va «Eski Toshkent» o‘rtasida «New Tashkent Island» oroli joylashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter