Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chorsu, sirk va Eski Jo‘va oralig‘ida bo‘lgan qadimgi shahar haqida

Chorsu, sirk va Eski Jo‘va oralig‘ida bo‘lgan qadimgi shahar haqida

Toshkent boy tarixga ega bo‘lib, asrlar davomida yuksalishlar, inqirozlar, turli madaniy va tarixiy voqea-hodisalarni boshidan kechirgan.

IX-XI asrlarda Ming o‘rik shahristoni va Yunusoboddagi Oqtepa vayron bo‘lganidan so‘ng, shahar Binkat atrofida qad ko‘tara boshladi. O‘sha davrning o‘zidayoq u Chirchiq va Sirdaryo vodiylarining eng yirik shahriga aylandi.

Binkat hozirgi Chorsu maydoni, sirk va Eski Juva maydoni oralig‘ida, «Zarqaynar» ko‘rgazmalar zalining o‘rnida joylashgan. Hozirgi Chorsu bozori o‘sha davrda ham o‘z o‘rnida bo‘lgan.

Himoya devori bilan o‘ralgan shahriston 16 gektarga yaqin maydonni egallagan, uning bosh qal’asi tepalikda joylashgan. IX-XI asrlardagi yuksalish davridan keyin Somoniylar davlati tarkibidagi Shoshning poytaxti Binkat o‘z qudratini yo‘qota boshladi. Aynan o‘sha davrda shaharning ikkinchi nomi – Toshkent (Shoshkent) ilk bora paydo bo‘ldi.

Toshkentning yangi yuksalish davri XIII-XIV asrlarga to‘g‘ri keldi, Binkat shahristoni esa mo‘g‘ullardan keyin qad ko‘targan shahar tufayli yo‘q bo‘ldi, lekin uning qadimgi me’moriy jihatlari poytaxtimizning ko‘rinishida deyarli XX asrgacha saqlangan. Uning buyukligi haqida qadimgi risolalar va arxeologik topilmalar ham guvohlik beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring