Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlari harorat 37 darajagacha oshishi mumkin

Dam olish kunlari harorat 37 darajagacha oshishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turadi.

​Havo harorati kechalari 17-20 daraja, kunduz kunlari 31-34 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 35-37 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda, bu sentyabr oyining ikkinchi yarmi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yordan 2-4 darajaga yuqoridir.

​20-sentyabr – yakshanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha, janubiy viloyatlardan tashqari, bulutlilik kuchayishi va kunduzgi harorat 2-3 darajaga pasayishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg‘ir faqat Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ishi mumkin.

​Respublikaning cho‘l zonasida va tog‘li hududlarida 20-sentyabr kuni shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

​Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 18-20 daraja, kunduzi 18-19-sentyabrda 32-34 daraja, 20-sentyabrda 30-32 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring