Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi e’lon qilindi

Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti taqdim etildi. 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan quruq va salqin havo kirib kelishi davom etadi.

Respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20-avgustda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Respublikaning ayrim hududlarida shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.

Bugun kunduz kuni havo harorati 32-35° atrofida bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari esa yanada salqinlashadi. Kechasi va ertalab harorat 12-15° gacha pasayadi, kunduz kunlari esa 27-30° atrofida bo‘ladi.

Bunday harorat foni ushbu davr uchun iqlimiy me’yordan 3-5° ga pastdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring