Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat va mahalla o‘rtasida «ijtimoiy shartnoma» yo‘lga qo‘yiladi

Davlat va mahalla o‘rtasida «ijtimoiy shartnoma» yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezidentimiz ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish uchun mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish zarurligini ta’kidladi

Chuqur ixtisoslashgan mahallada turmush farovonligi ancha yuqori, ijtimoiy yordam oluvchilar ham 2 karra kam. 

Bugungi kunda 903 ta «og‘ir» mahallada 100 ming gektar tomorqa va ijara yerlari bor. Agar hokimlar «yettilik» bilan suv ta’minotini yaxshilab, urug‘-ko‘chat yetkazib, ixtisoslashuvni tizimli yo‘lga qo‘ysa, u yerdagi odamlarni daromadida, turmush sharoitida keskin o‘zgarish qilish mumkinligi ta’kidlandi. 

Masalan, Nishon tumanidagi Oqoltin mahallasiga nasosda suv chiqarilgani uchun 25 yil tomorqasiga ekin ekmagan 280 ta xonadon 50-60 million so‘m daromad olishni boshladi. Buni uddalagan mahalla aholisi bugun ichki yo‘llar holatini yaxshilashni so‘rayapti. Davlatimiz rahbari ertagayoq bunga 1,5 milliard so‘m ajratishni topshirdi. 

«Marhamat, yana qaysi mahalla raisi o‘zi bosh bo‘lib, aholi ko‘nikmasiga qarab, hududni ixtisoslashtirsa, xonadonlarning daromadini 3-4 karra oshirsa, yo‘l, suv, sug‘orish tarmog‘ini yaxshilash uchun yana 2 milliard so‘mdan ajratishga tayyorman. Bu davlat va mahalla o‘rtasida yangi, o‘ziga xos «ijtimoiy shartnoma» tizimi bo‘ladi», – dedi Prezidentimiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring