Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Livan endi boshqalarning urush maydoni bo‘lmaydi» — mamlakat prezidenti

«Livan endi boshqalarning urush maydoni bo‘lmaydi» — mamlakat prezidenti

Foto: Al Akhbar

Livan prezidenti Jozef Aun mamlakatning yangi istiqboli haqida tarixiy nutq so‘zladi. Ushbu bayonot Livanning 2026 yil aprelidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan keyingi yangi siyosiy yo‘lini ifodalaydi.

«Biz Livanni qutqarishimizga ishonamiz... Qariyb yarim asr ichida ilk bor Livanni va o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash huquqini qaytarib oldik. Bugun biz o‘z nomimizdan muzokaralar olib boryapmiz. Biz endi birovlarning o‘yinidagi qo‘g‘irchoq emasmiz, boshqalarning urush maydoniga aylanmaymiz va bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz», — dedi Aun o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirgandan keyingi ilk telemurojaatida.

Prezident, shuningdek, Livan «yangi bosqich» — shunchaki o‘t ochishni to‘xtatishdan, o‘z xalqi huquqlarini, hududiy yaxlitligini va millat suverenitetini saqlab qoluvchi doimiy kelishuvlarga o‘tish ostonasida turganini ma’lum qildi.

U Isroil bilan olib borilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar haqida shunday dedi: «Bu zaiflik belgisi yoki yon berish emas... Muzokaralar hech qachon o‘z huquqlarimizdan voz kechish, prinsiplarimizdan chekinish yoki millat suvereniteti borasida murosa qilish degani emas va bunday bo‘lmaydi ham».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring