Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xaridlarida diler va brokerlarning ishtirokiga ham ruxsat beriladi

Davlat xaridlarida diler va brokerlarning ishtirokiga ham ruxsat beriladi

2026-yil 1-iyuldan vositachi-broker va (yoki) dilerlarga ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma tuzish orqali ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni davlat xaridlarida sotish huquqi beriladi.

Bu haqda joriy yil 4-fevraldagi PF–17-son farmonda belgilab qo‘yildi.

Farmon bilan, shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan:

  • kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida davlat xaridlarida xarid predmetini texnologik zanjirlar, funksional bosqichlar va ish turlari kesimida alohida lotlarga bo‘lish amaliyoti joriy etiladi;
  • korporativ buyurtmachilarda «professional xaridor» sertifikatiga ega mutaxassislar mavjud bo‘lmagan taqdirda, 2028-yil 1-yanvardan boshlab ular davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.

2026-yil 1-apreldan boshlab esa budjet buyurtmachilarining davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan taklif etilgan eng past import tovarlarining narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:

  • 3ta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz;
  • 2ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz;
  • 1 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring