Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xizmatlari markazlari yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini tezlashtirdi

Davlat xizmatlari markazlari yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini tezlashtirdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” orqali avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash jarayoni yanada soddalashtirildi. Mazkur reglamentga binoan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshrish uchun litsenziya va litsenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi to‘liq ishga tushirildi. Ho‘sh, yangi tizimning afzallik jixatlari nimada, qanday qulayliklar yaratildi?

Avvalgi tartib...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-dekabrda qabul qilingan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizomda  litsenziya talabgoriga avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinardi. Shuningdek, litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qaror qabul qilingani to‘g‘risida bir ish kuni mobaynida xabardor qilardi. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin bir ish kuni mobaynida rasmiylashtirilardi.

Yangi tartibda muddatlar qanchaga qisqardi?

Yangi tartibga ko‘ra davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilinganda so‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin bir soat mobaynida so‘rovnoma litsenziyalovchi organga yuboriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa murojaat avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga kelib tushadi.

Litsenziyalovchi organ tomonidan ijobiy qaror mavjudligi va to‘lovlar to‘langanidan so‘ng litsenziya hamda litsenziya varaqalarini rasmiylashtirish 1 ish kuni mobaynida bajariladi. Bu jarayonda hujjatlar QR (matrik shtrixli) kod bilan himoyalanib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va 1 soat mobaynida murojaatchiga topshiriladi. Umumiy hisobda ushbu barcha jarayonlar uchun 2 ish kuni muddatida vaqt ketadi.

Murojaatchilarga qanday qulayliklar yaratildi?

Endi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar litsenziya va litsenziya kartochkalarini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari lozim.

Ushbu ma’muriy reglamentga muvofiq endi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat joylardagi Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar. Arizachilar va litsenziyalovchi organ o‘rtasidagi barcha ma’lumotlar almashinuvi to‘liq elektron ko‘rinishda amalga oshiriladi.

Litsenziya va Litsenziya varaqalarini Davlat xizmatlari markazlari orqali berilishi jarayonida murojaatchilarning avvalgidek, litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun o‘z tumanlardan viloyatlar markazidagi Avtomobil transporti boshqarmalariga yoki Respublika mutasaddi tashkilotiga borishlarini oldi olindi. Bu bilan ularning ortiqcha ovoragarchilik hamda moliyaviy harajatlarining keskin qisqartirilishiga erishiladi.

Hujjatlarni taqdim etish jarayonida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Endilikda avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashishga litsenziya va litsenziya varaqalarini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar elektron ko‘rinishga keltirildi va mazkur jarayonda barcha ma’lumotlar davlat idoralari o‘rtasida elektron tarzda almashiladi. Shu tariqa davlat idoralari tomonidan ortiqcha ma’lumotlarni talab qilish amaliyotiga chek qo‘yildi va taqdim etiladigan hujjatlar soni sezilarli darajada kamaytirildi. Bundan tashqari Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring olib boradi. Bu bilan mutasaddi tashkilotlar tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqish muddatini asossiz kechiktirish, ortiqcha ovvoragarchilik, sansolarlik va korrupsiyaga olib keluvchi salbiy holatlarning oldi olindi.

Qayim Xolov,
Davlat xizmatlari agentligi
Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring