Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Diyora Keldiyorova bilan bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshiramiz» — Shahnoza Mirziyoyeva

«Diyora Keldiyorova bilan bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshiramiz» — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Parijda Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova bilan uchrashdi.

Diyora Keldiyorovaga Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshirishni taklif qildi.

«Yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi olamshumul g‘alabasi bilan Diyora Keldiyorovani o‘zim va Oilam nomidan qutladim. Vatandoshlarimiz uni bejiz To‘marisga, Oybarchinga o‘xshatishayotgani yo‘q. Chunki u nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo mintaqasida Olimpiada chempioni bo‘lgan ilk dzyudochi ayol sifatida sport tarixi sahifalaridan joy oldi.

Parijda O‘zbekiston milliy olimpiya terma jamoasi a’zolari bilan ham suhbatlashdik, mas’uliyatli bahslar oldidan ularga muvaffaqiyat tiladik. O‘zaro uchrashuvimiz chog‘ida Diyora Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda oilalarda ayollarga nisbatan uchraydigan zo‘ravonlikka, jamiyatdagi gender haqsizlikka qarshi qaratilgan bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshirish, shu loyihalarning YuZI va ishtirokchisi bo‘lish haqidagi taklifimni mamnuniyat bilan qabul qildi», deydi Shahnoza Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring