Diyora Keldiyorova hamda Uta Abe bellashuvi «Yil voqeasi» deb topildi
![Diyora Keldiyorova hamda Uta Abe bellashuvi «Yil voqeasi» deb topildi](https://xabar.uz/static/crop/3/5/920__95_3555781757.jpg)
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2024-yilning eng yaxshilarini e’lon qildi.
Dzyudo bo‘yicha Parij «Katta dubulg‘a» turniri doirasida o‘tgan tadbirda Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorovaning Olimpiadada yaponiyalik Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi «Yil voqeligi» nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Shuningdek, Marko Shpittka O‘zbekiston ayollar terma jamoasidagi ishi uchun «Ayollar terma jamoalarining eng yaxshi murabbiyi» nominatsiyasini yutib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IJF’ning 2024-yil yakunlariga ko‘ra eng yaxshilarni aniqlash borasida e’lon qilgan yo‘nalishlarida o‘zbek dzyudosiga aloqador yana 3 ta nomzod ham bor edi.
Ular:
- Bolalar uchun dzyudo: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining tashabbusi bilan tashkil etilgan «judogirls.uz» loyihasi;
- Yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi: Diyora Keldiyorova;
- Yil ipponi: Muhammad Jumayevning Dushanbe «Katta dubulg‘a» turniridagi usuli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter