Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubaydagi Gulnora Karimova masalasiga oydinlik kiritildi

Dubaydagi Gulnora Karimova masalasiga oydinlik kiritildi

Bugun, 3-oktabr kuni ayrim OAVda Gulnora Karimovaning O‘zbekiston qamog‘idan ozod etilib¸ Birlashgan Arab Amirliklariga yetib kelgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

«Turon24»ning aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova ayni paytda O‘zbekistonda va qonunda nazarda tutilgan jazoni o‘tamoqda.

Axborot agentligining yozishicha, Dubaydagi qimmatbaho mehmonxonaga joylashgan Gulnora Karimova aslida boshqa bo‘lib, OAV uni Islom Karimov qizi bilan adashtirishgan.

Rossiyalik oligarx, "Anji" klubi xo‘jayini Suleyman Kerimovning qizi ham Gulnora Kerimova bo‘lib, Dubayda aynan uni kutib olishgan. U 1990-yilda Dog‘istonda tug‘ilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring