Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dushanba kuni tashkilotlarda elektr bir soatga o‘chiriladi

Dushanba kuni tashkilotlarda elektr bir soatga o‘chiriladi

Foto: Xabar.uz

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonda 25 mart — «Yer soati» kuni munosabati bilan maxsus aksiya o‘tkaziladi.

Shu kuni sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi.

«Hurmatli vatandoshlar! Sizni ushbu aksiyada ishtirok etishga va atigi 60 daqiqaga elektrni o‘chirishga taklif qilamiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz», deyiladi vazirlik xabarida.

«Yer soati» — Yovvoyi tabiat umumjahon fondi tomonidan global miqyosda o‘tkaziladigan tadbir. Har yili mart oyining oxirgi shanbasida o‘tadigan tadbirda chiroqlar bir soatga o‘chiriladi. Shaharlarning asosiy chiroqlari bundan mustasno. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad energiyani tejash va atrof-muhitni muhofaza qilishga e’tiborni jalb qilishdan iborat. Ushbu tadbir birinchi bo‘lib 2007-yil Avstraliyada tashkil etilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring