Elektromobillar sotuvi o‘tgan yili 40,7 mingtani tashkil qilgan
O‘tgan yil davomida yangi elektromobillar sotuvi 35 foizga oshib, 40,7 ming donani tashkil etdi.
Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.
Hududiy kesimda tahlil mazkur segmentda faollikning yuqori darajada jamlanganini tasdiqlaydi. Elektromobillar sotuvining asosiy qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, bu yerda 29 mingta yangi elektromobil realizatsiya qilingan, ya’ni umumiy hajmning 71 foizi.
Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati, Toshkent viloyati hamda Qashqadaryo viloyati qayd etildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter