Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektromobillarni  quvvatlash stansiyalari egalariga imtiyozlar beriladi

Elektromobillarni  quvvatlash stansiyalari egalariga imtiyozlar beriladi

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida 1 kilovatt soat elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Bu haqda Prezidentning «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish» yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va «O‘zbekiston-2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida»gi 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son farmonida belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, elektromobillarni  quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli maqsadli kreditlar ajratiladi.

Quvvatlash stansiyalari uchun sotib olinadigan yer maydonlarining auksiondagi boshlang‘ich narxi ularning bozor qiymatidan 2 baravar arzon narxda belgilanadi.

Yuqoridagi tadbirlar natijasida respublika bo‘ylab elektromobillarni quvvatlash stansiyalari 4 mingtaga yetkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring