Endi qalqonsimon bezni oldirib tashlash shart emas! (video)
Yosh o‘tgani sayin qalqonsimon bezda tugunlar paydo bo‘lish xavfi ham ortib boradi.
Tekshiruvda tugunli bo‘qoq aniqlangan bemorlarga esa ko‘p hollarda qalqonsimon bezni olib tashlash amaliyoti buyuriladi.
Ammo qalqonsimon bez endokrin sistemani boshqaruvchi muhim organlardan biri bo‘lganligi va ko‘plab ichki a’zolar faoliyati bilan bevosita bog‘liqligi tufayli aksariyat bemorlar uni oldirib tashlashga qo‘rqishadi.
Qolaversa, bunday jarrohlik amaliyotlari hamisha ham muvaffaqiyatli yakun topavermaydi.
Kimdir ovoz naychalarining zarar yetganligidan shikoyat qilsa, boshqa birov jarrohlikdan so‘ng gormon preparatlarini doimiy ravishda ichib yurishdan noliydi.
O‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmagan bemorlarda esa tugunlarning sifati yomonlashib, hayot uchun xavf tug‘dirishi turgan gap.
Ammo zamonaviy tibbiyotda shunday yangiliklar yaratilyaptiki, endi butun boshli muhim bir organni olib tashlashga xojat yo‘q!
Ushbu ko‘rsatuv orqali siz nafaqar aynan shu masalada o‘zingizni va yaqinlaringizni qiynab kelayotgan ayrim savollarga javob olishingiz, balki barcha nutritsiolog va diyetologlar sir tutuvchi semirish gormonlari hamda menopauza davridagi qaynonalar uchun qimmatli tavsiyalarga ham ega bo‘lishingiz mumkin!
Ha aytgancha, bugungi kunda ko‘p uchraydigan va davosi bo‘lmagan qandli diabet nega endi kasallik sanalmay qo‘yilganligi haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havolani barcha yaqinlaringizga yuborib, ko‘rsatuv to‘liq ushbu videoda tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter