Endi sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumot Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi

Vazirlar Mahkamasi «Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra, endi sudlanganlik (yoki sudlanmaganlik) to‘g‘risida va manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qiladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter