Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘ona vodiysida "metan zapravkalarda" vaqtincha cheklov kiritiladi

Farg‘ona vodiysida

Ta’mirlash ishlari sababli 5-6 sentyabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari (AGTKSh) hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi.

Farg‘ona vodiysining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida qo‘shimcha magistral gaz quvuri qurildi 5-6 sentyabr kunlari yangi quvurni tarmoqqa ulash ishlari olib boriladi va cheklov shu sababli kiritiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududdan o‘tuvchi qismida qariyb 22 km qo‘shimcha quvur qurilishi yakuniga yetkazildi.

Ushbu yangi quvurni tarmoqqa ulash bo‘yicha montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025 yil 5 sentyabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi.

5-6 sentyabr kunlari ta’mirlash ishlari vaqtida Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minotiga vaqtincha cheklov kiritiladi.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, shuni hisobga olgan holda vodiy viloyatlari iste’molchilari uchun avtobenzin yoqilg‘isining sotuvga chiqarish hajmi oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring