Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada bolalar zaharlanishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Farg‘onada bolalar zaharlanishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Farg‘onada bolalar zaharlanishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. 

Joriy yilning 21-fevral kuni Farg‘ona shahar IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shahardagi 58, 2 va 61-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari «tana harorati ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, ich o‘tishi» belgilari bilan Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilishgan.

Xozirda vaziyat Farg‘ona viloyati prokuraturasi, IIB hamda boshqa mutasaddi idoralarning ma’sullari tomonidan to‘liq o‘rganilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB tomonidan JKning 257¹-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barcha tegishli turdagi ekspertizalar tayinlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi viloyat IIB xabarida. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring