Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermer xo‘jaligidagi janjal o‘lim bilan yakunlandi

Fermer xo‘jaligidagi janjal o‘lim bilan yakunlandi

Foto: «Darakchi»

Akbar Asliddinov (ism-familiyalar o‘zgartirildi) fermer. To‘g‘rirog‘i, turmush o‘rtog‘iga tegishli fermer xo‘jaligini o‘zi boshqaradi. G‘allaga o‘roq tushgan kezlar tanishi O.Olimov bilan kechasiyu kunduzi birga ishladi. Tunda qudasiga tegishli «ZiL» rusumli avtomashinasining borti ularga yotoq vazifasini o‘tadi.

2019-yil 4-iyun kuni ikki tanish avtomashina bortida ovqatlandi, anavi savil «oq badan»dan me’yoridan ko‘proq no‘sh qilvorishdi. Ikkisi ham yaxshigina mastona holatiga tushgach, gaplari bir-biriga to‘g‘ri kelmay qoldi. ikki o‘rtada janjal chiqdi. Va... Akbar Asliddinov bodring archib turgan pichoqni O.Olimovning ko‘kragiga sachib yubordi!

Shu birgina zarba bitta inson hayotiga zomin bo‘lishini kim o‘ylabdi, deysiz?!

Yaqinda A. Asliddinovga oid jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi.

JIB (jinoyat ishlari bo‘yicha) Jizzax viloyat Sharof Rashidov tuman sudi raisi G‘.Yalg‘ashovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ish har tomonlama ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga nisbatan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring