Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘rincha ishlatib yuborgani aniqlandi

Fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘rincha ishlatib yuborgani aniqlandi

Foto: O‘zenergoinspeksiya.

Qashqadaryo viloyatida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Koson tumani "Obron" MFYda joylashgan "M.S." fermer xo‘jaligi 4 ta suv nasos qurilmalarini elektr hisoblagichdan tashqari ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. 

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 702 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring