Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanalizatsiya qudug‘idan chiqa olmagan ikki xodim qutqarildi

Kanalizatsiya qudug‘idan chiqa olmagan ikki xodim qutqarildi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qashqadaryoda kanalizatsiya qudug‘ini tozalamoqchi bo‘lgan ikki xodim qutqarildi

15 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar “Tutzor” MFY hududidagi yo‘l yoqasida joylashgan kanalizatsiya qudug‘iga “Suv oqova” MChJning 2 nafar  xodimi tozalash maqsadida tushganligi va qaytib chiqa olmaganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, chuqurligi 3 metr, diametr 1 metr bo‘lgan quduqning suv o‘tish yo‘liga tiqilib qolgan chiqindilarni tozalash maqsadida, 1 nafar ishchi tushgan va suv ko‘payib ketib, suv yutishi natijasida tobi qochgan hamda chiqa olmay qolgan.

Shundan so‘ng, uning sherigi yordam berish maqsadida tushib, u ham qolib ketgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVB qutqaruvchilari maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqarolarni qutqarib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan. Hozirda shifokorlar nazoratida.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar mavjud emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring