FVV aholidan yog‘ingarchilik va kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralarini ko‘rishni so‘ramoqda
Bugun Toshkent shahri hududida yog‘ingarchilik va kuchli shamol bo‘lishi kutilayotganligi sababli quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishni tavsiya qilinmoqda.
FVV tavsiyalari:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.
Shuningdek, avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik va xonodonlarda barcha gaz qurilmalarini doimiy nazorat qilib turishlari tavsiya etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter