Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gripp chekina boshlagani qayd etildi

Gripp chekina boshlagani qayd etildi

So‘ngi haftada respublika aholisi o‘rtasida O‘RI bilan kasallanish o‘tgan haftaga nisbatan 25,5 foiga kamaygan, Toshkent shahrida 25,4 foizga kamayganligi kuzatildi.

Bu haqda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar berildi.

Qayd etilishicha, O‘RI kasalligi ko‘rsatkichlarida epidemik bo‘sag‘adan (epidemik parog) 34,3 foizga pastligi kuzatilmoqda.

Bolalarning o‘tkir respirator infeksiya bilan kasallanish yoshma-yosh tahlil qilinganida: kasallanishni eng yuqori ko‘rsatkichi 0-1 yoshdagi bolalar o‘rtasida ro‘yxatga olingan bo‘lib, intensiv ko‘rsatkich shu yoshdagi 100 ming bola soniga nisbatan 368.3 ni tashkil etmoqda.

«Bunga O‘RI bilan kasallangan bemorlarni alohidalamaslik, bemor bolalarni ta’lim muassasalariga yuborish hamda shifokor bilan maslahatlashmasdan o‘zboshimchalik bilan davolanish asosiy sabablar bo‘lmoqda», dedi Nurmat Otabekov.

Gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar bilan og‘rigan bemorlarni davolash maqsadida respublika bo‘yicha 8838ta bemor o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, ularda 6000 nafar bemor davolanmoqda.

Qo‘mitaning hududiy laboratoriyalari tomonidan bemorlardan olingan laborator tahlil natijalariga ko‘ra grippning A (H3N2) turi aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring