Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haj va Umraga ruxsat berilishi kutilyapti

Haj va Umraga ruxsat berilishi kutilyapti

O‘zbekiston rasmiylari Haj va Umra safarlarini hal etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.

Bugun, 1 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga uchib ketdi.

Safar davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Transport boshqarmasi, xizmat ko‘rsatuvchi shirkatlar, banklar rahbarlari hamda Makkai mukarrama amiri bilan ulug‘ ibodatlarni ado etish yuzasidan muhim kelishuvlar amalga oshiriladi.

«Ayni kunlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar», deyiadi xabarda.

O‘tgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo mo‘min-musulmonlariga Haj va Umra amallarini ado etish to‘xtatib qo‘yilgandi. So‘nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani, kunlik kasallanish darajasi kamayayotgani, vaksina olgan aholi miqdori oshib borayotgani va cheklovlar yumshatilayotgani yangi muborak safarlarga yo‘l ochishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring