Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Umra» ziyoratida moddiy qiyinchilikda qolgan vatandoshga yordam ko‘rsatildi

«Umra» ziyoratida moddiy qiyinchilikda qolgan vatandoshga yordam ko‘rsatildi

O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Saudiya Arabistonining Makka shahrida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan A.R. oilasi bag‘riga qaytarildi.

«Dunyo» AA bergan xabarga ko‘ra, fuqaro G.M. Saudiya Arabistoniga umra amallarni bajarish maqsadida borgan turmush o‘rtog‘i A.R. moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgani sababli unga yordam ko‘rsatishni so‘rab Jiddadagi Bosh konsulxonaga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, A.R. Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida O‘zbekistondan 30 mart kuni velosipedda yo‘lga chiqqan. U O‘zbekistondan Rossiyaga, u yerdan Gruziyaga borgan. Gruziya chegarachilari tomonidan u kelgan joyiga, Rossiyaga qaytarib yuborilgan. Shundan so‘ng A.R. «Vladikavkaz – Istanbul – Jidda» yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga yetib kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Makkada bo‘lgan vaqtida uning buyumlari va tegishli hujjatlari bo‘lgan sumkalari o‘g‘irlab ketilgan.

Bosh konsulxona vakillari Makkadagi o‘zbekistonlik fuqarolar yordamida A.R.ni topgan va unga O‘zbekistonga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, faol vatandoshlar ko‘magida «Madina-Toshkent» yo‘nalishidagi aviaqatnov uchun chipta ham sotib olib berilgan.

Shu tariqa A.R. shu yil 17 may kuni sog‘-salomat oilasi bag‘riga qaytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring