«Hududgaz Qoraqalpog‘iston»da 251,5 mlrd so‘m zarar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Hududgaz Qoraqalpog‘iston» GTF faoliyatiga oid holatlar o‘rganilgan.
Tekshiruvda korxona mas’ul shaxslari qabul qilib olingan va iste’molchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmlari o‘rtasidagi tafovutni tegishli tartibda aniqlamagani ma’lum bo‘lgan.
Ular mazkur tafovutning kelib chiqish sabablarini aniqlamasdan, uni oddiy yo‘qotish sifatida hisobotga kiritgan. Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 251,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda 205-moddasi — hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter