Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iflos havodan himoyalanishning oddiy yo‘li topildi

Iflos havodan himoyalanishning oddiy yo‘li topildi

Foto: Xabar.uz

Xo‘l mevalarni muntazam iste’mol qilish o‘pkalarni havo ifloslanishining zararli ta’siridan qisman himoya qilishi mumkin.

Amsterdamda bo‘lib o‘tgan Yevropa nafas olish jamiyati (ERS) kongressida o‘z tadqiqotlarini taqdim etgan Lester universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari shunday xulosaga kelishdi

Tadqiqotda Buyuk Britaniya Biobankining 200 000 ga yaqin ishtirokchilari ma’lumotlaridan foydalanilgan. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, kuniga to‘rt yoki undan ko‘p dona meva iste’mol qilgan ayollar havoning yuqori darajada ifloslanishida o‘pka funksiyasi sezilarli darajada pasaygan. Mualliflarning fikricha, bu havodagi mayda zarrachalar keltirib chiqaradigan zararni kamaytirishga yordam beruvchi mevalarda antioksidantlar va yallig‘lanishga qarshi birikmalarning ko‘pligi bilan izohlanishi mumkin. 

Bu ta’sir ayniqsa ayollarda yaqqol namoyon bo‘ldi, erkaklar esa o‘rtacha hisobda kamroq meva iste’mol qilishdi, bu esa himoya ta’sirini susaytirishi mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, sog‘lom ovqatlanish ekologik choralar o‘rnini bosa olmasa-da, uning o‘pka uchun foydasi ifloslangan shaharlarda qo‘shimcha himoya omili bo‘lishi mumkin. 

Olimlar shuningdek, mangoni har kuni iste’mol qilish shakar miqdori yuqori bo‘lishiga qaramay, diabet xavfini kamaytirishga yordam berishi haqida ma’lum qilishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring