Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIO xodimlarining pensiyaga chiqish muddati masalasida rasmiy axborot berildi

IIO xodimlarining pensiyaga chiqish muddati masalasida rasmiy axborot berildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish mumkinligi haqida axborot tarqalmoqda. O‘zbekiston Respublikasi IIV Moliya-iqtisod boshqarmasi bu xabarlarni «yolg‘on», deya qayd etdi.

«Ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi «Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3413-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20 yilga yetganidan so‘ng, o‘tagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan», deyiladi rasmiy axborotda.

Qo‘shmcha qilinishicha, hozirgi kunda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish bo‘yicha taklif yoki qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring