Botir Qudratxo‘jayev va Rustam Jo‘rayev yangi lavozimga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qaroriga muvofiq, Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Prezidentning tegishli farmoni va qarori bilan Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter