Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki yoshli bolaning o‘limi ortidan bog‘cha rahbari 3 yilga qamaldi

Ikki yoshli bolaning o‘limi ortidan bog‘cha rahbari 3 yilga qamaldi

Qashqadaryoda ikki yoshli bolaning o‘limi sabab bo‘lgan bog‘cha rahbari 3 yilga qamaldi

Joriy yil 20 iyunda Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Ushoqtepa» mahallasida joylashgan xususiy bog‘chada ikki yoshli qizaloq halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

OAVda e’lon qilingan sud materiallari tafsilotlariga ko‘ra, 31 yoshli bog‘cha mudirasi tarbiyalanuvchilarni uylaridan olib kelib, yana olib borib qo‘ygan. Uning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.

Fojia sodir bo‘lgan kuni u yetti nafar bolani bog‘chaga olib kelgan, ammo o‘sha kuni bolalar ro‘yxatini tekshiruvchi tarbiyachi ishga chiqmagan. Bolalarning shovqini sababli mudira diqqatini yo‘qotgan va hamma bolalar tushgan-tushmaganini tekshirmagan.

Natijada ikki yoshli qizaloq mashinada qolib ketib, yarim kun davomida yopiq holda havosiz qolgan. Bolaning jasadi mashinaning orqa o‘rindig‘idan topilgan.

Qarshi shahar sudi ayblanuvchin JKning 116-moddasi 3-qismi bo‘yicha aybdor deb topib, unga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring