Islomobodda Toshkent ko‘chasi va Bobur bog‘i ochildi
Pokiston poytaxtida Toshkent ko‘chasi va Bobur bog‘i paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Islomoboddagi ko‘chalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan boqqa Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi bo‘ldi.
Bosh vazir Shahboz Sharif ushbu qaror ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettirishi hamda O‘zbekiston – Pokiston ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarining strategik darajasini yana bir bor tasdiqlashini ta’kidladi.
Toshkent ko‘chasi va buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladigan yangi bog‘ xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro intilish qat’iy ekanining yaqqol ramziga aylanishi alohida ta’kidlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter