Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Iste’molga yaroqsiz muzqaymoqlar bizniki emas edi» – «Andijon muzqaymoqlari» egasi

«Iste’molga yaroqsiz muzqaymoqlar bizniki emas edi» – «Andijon muzqaymoqlari» egasi

O‘zbekistonda «Andijon muzqaymoqlari» nomi ostidagi mahsulot patentlandi. Bu haqda «Bu kun» informatsion dasturida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, sohada 15 yillik tajribasi bor tadbirkor Hikmatulloh Madrahimov «Andijon muzqaymoqlari»ni tayyorlashni 5 yil avval boshlagan. Muzqaymoq mashhur bo‘lgach, uni uy sharoitida tayyorlab, sotadiganlar ham paydo bo‘la boshlagan.

«Tadbirkorlik ro‘yxatida yo‘q odamlar ham uy sharoitida qo‘lbola ravishda ishlab chiqarib sotyapti. Reydlarda tushgan “Andijon muzqaymoqlari” deya sotilgan muzqaymoqlar orasida bizning mahsulotlar yo‘q edi», — deydi «Andijon muzqaymoqlari» rahbari Hikmatulloh Madrahimov.

Qo‘lbola usulda tayyorlanganlari ortib, hududlarda sanitar talablarga zid muzqaymoqlar ko‘paygach, tadbirkor asl muzqaymoq ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Biroq sotuvchilar o‘zi tayyorlagan mahsulotni shu nom bilan sotishda davom etdi.

Hikmatulloh Madrahimov «Andijon muzqaymoqlari»ni patentladi. Endi uni qalbakisidan ajratib olsa bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkentga maxsus aravachalardan 40 dona yuborish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring