Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat transportida naqd pul to‘lash amaliyoti bekor qilinmaydi

Jamoat transportida naqd pul to‘lash amaliyoti bekor qilinmaydi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahrida jamoat transportida harakatlanish uchun yo‘lkirani naqd pul shaklida to‘lash amaliyoti bekor qilinmaydi.

Bu haqda «Gazeta.uz» nashri Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevga asoslanib ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli qaror yo‘lovchilar tomonidan ko‘plab shikoyatlar sababli qabul qilingan. Bundan tashqari, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi yo‘lkirani naqd pulda to‘lash tartibi bekor qilingan taqdirda yo‘lovchilar huquqlari buzilishini qayd etgan, chunki bu fuqarolarni tanlash huquqidan mahrum qiladi.

Naqd pul to‘lovlari validatorlar (to‘lov terminallari) orqali amalga oshiriladi. An’anaviy chiptalar o‘rniga «chek» beriladi.

Anvar Jo‘rayevning aytishicha, yanvarda bosqichma-bosqich transport kartalariga o‘tish uchun «Toshshaxartransxizmat» oylik yo‘lovchi chiptalarni sotuvini davom ettiradi. Chiptalar bugungi ko‘rsatkichning 50 foizi miqdorida sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tarmoqlarda jamoat transportida naqd puldan butunlay voz kechilishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring