Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joylarda qator sudyalarning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Joylarda qator sudyalarning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi O. Sattarov, Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining tergov sudyasi S. Yuldashev va Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi D. Ubaydullayev -  yozma arizalariga binoan sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Shuningdek, Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangibozor tuman sudining tergov sudyasi D.Matniyazov - Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi  uchun  lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining sudyasi Z. Ametova ham yozma arizasiga binoan, lavozimidan ozod etildi. Uning vakolatlari muddatidan ilgari tugatish maqsadga muvofiq, deb topilgan va bu to‘g‘rida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taqdimnoma kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring