Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jurnalist Rahim Rauf vafot etdi

Jurnalist Rahim Rauf vafot etdi

Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a’zosi Rahim Rauf (Abdurauf Rahimqulov) vafot etdi.Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi

Rahim Rauf 1944-yili Baxmal tumanining Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida tavallud topgan. 1972-yili Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning Jurnalistika fakultetini tugatib, dastlabki ish faoliyatini “O‘zbekiston” nashriyotida muharrirlikdan boshladi. Uzoq yillar Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Paxtaobod qo‘rg‘onida yashab, ijod qildi. Tuman gazetasida bosh muharrir, markaziy gazetalarning viloyat muxbiri, “Guliston” jurnali tahririyatida bo‘lim muharriri vazifalarida ishladi. 

Rahim Raufning “Parvoz”, “Cho‘lquvarlar dostoni” ocherk kitoblari va ma’naviy qadriyatlarimiz haqidagi qator publitsistik maqolalari chop etilgan.

Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring