«Kelajak merosi» xalqaro mukofoti ta’sis etiladi
Joriy yil 3-noyabr kuni «Kelajak merosi» xalqaro mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–330-son) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, «Kelajak merosi» xalqaro mukofoti ta’sis etiladi.
Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025-yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazib boriladi:
- adabiyot;
- madaniy meros;
- teatr va kino;
- musiqa va raqs;
- tasviriy va amaliy san’at;
- moda va dizayn;
- ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar.
Xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSh dollari miqdoridagi 1 martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
G‘oliblarga Xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.
Manba: t.me


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter