Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelin-kuyov tibbiy ko‘rikdan o‘tishni istamaca...

Kelin-kuyov tibbiy ko‘rikdan o‘tishni istamaca...

Foto: «Med.id1492.com»

SSV Matbuot xizmatining nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati, roli, yo‘l-yo‘riqlari haqidagi savollariga Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi direktori Shahnoza Zufarova javob berdi.

—  Nikohlanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni raqamlashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, endilikda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda, FHDYo organlari bilan tibbiyot muassasalari, xususan, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar o‘rtasida nikohlanuvchilarning yagona avtomatlashtirilgan elektron bazasini shakllantirish belgilangan.

Shu tarzda FHDYo organlari bilan tibbiyot muassasalari o‘rtasida integratsion axborot tizimini yaratiladi.

Bundan kutilayotgan natijalar quyidagilar:

inson omilini kamaytirish;

natijalarni soxtalashtirishning oldini olish;

shifokorni erkin tanlash;

yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

sifat va samaradorlikni oshirish;

tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonini nazorat qilish;

tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonidagi vaqtni tejash.

— Bo‘lg‘usi juftliklar tibbiy ko‘rikdan o‘tishni istamaca, qanday yo‘l tutiladi?

— Ish tajribamiz davomida bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar tibbiy ko‘rikdan o‘tmaslikka harakat qilish holatlari ham uchrab turadi.

Ko‘pincha bunga o‘z salomatligiga bo‘lgan haddan ortiq ishonch sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘z huquqlarini bilmasligi, tibbiy xizmatlarning bepul ekanidan xabarsizligi ham asosiy sabablardan.

Bunday e’tiborsizlik natijasida nosog‘lom farzandlar dunyoga kelish ehtimoli ortadi. Tibbiy ko‘rik nafaqat bo‘lajak avlodni sog‘lom dunyoga keltirish uchun, balki yoshlar orasida uchrab turadigan irsiy kasalliklarning ham oldi olinishiga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring