Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ko‘cha, maydon, metro bekati va san’at saroyiga «Xalqlar do‘stligi» nomi qaytarildi

Ko‘cha, maydon, metro bekati va san’at saroyiga «Xalqlar do‘stligi» nomi qaytarildi

Foto: «Toshkent.uz»

Bugun, 3-may kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi o‘ttiz oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Sessiyada xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi vakolatiga doir masalalar, jumladan Toshkent shahridagi ba’zi geografik ob’yektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Yodingizda bo‘lsa, Prezidentimiz 2018-yil 26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hozirda «Istiqlol» san’at saroyi deb nomlanib kelayotgan saroyga, uning old maydoniga hamda o‘sha joydagi «Bunyodkor» metrosiga uning avvalgi «Xalqlar do‘stligi» nomini qaytarib qo‘yish, shuningdek ikkinchi jahon urushi davrida 14 farzandni o‘z bag‘riga olib, millatimizning bag‘ri kengligini namoyon etib jasorat ko‘rsatgan Shomahmudovlar monumentini joyiga qaytarish hamda adolat va tarixiy haqiqatni qaror toptirish maqsadida, avval Shomahmudovlar nomi bilan yuritilgan ko‘chaga uning nomini qayta tiklash yuzasidan takliflar bergani haqida xabar bergan edik.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bugun bo‘lib o‘tgan o‘ttiz oltinchi sessiyasida «Istiqlol» san’at saroyiga uning avvalgi nomi — «Xalqlar do‘stligi saroyi» nomini berish, saroy old maydonini «Xalqlar do‘stligi maydoni» deb yuritish, «Bunyodkor» metro bekatini avvalgi — «Xalqlar do‘stligi metro bekati» deb qayta nomlash hamda Shayxontohur tumani, Obinazir, Jarariq mahallalari hududida joylashgan Toshko‘cha ko‘chasiga, ko‘chaning avvalgi nomi — ikkinchi jahon urushi davrida yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etgan Shoahmad Shomahmudov nomini berish haqida qaror qabul qilindi.

Mavzuga doir: «Xalqlar do‘stligi» maydonidagi qurilish jarayonidan fotoreportaj

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring