Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Komil Allamjonov: «Zato bizda Bunyodkor stadioni bor»

Komil Allamjonov: «Zato bizda Bunyodkor stadioni bor»

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi O‘zbekistonning so‘z erkinligi reytingiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Har yili shu paytda O‘zbekistonning so‘z erkinligi reytingi oshayotganini aytib maqtanib qo‘yardim. Bu yil esa ushbu sohaga MAS’UL bo‘lgan barcha mutasaddilarga mashaqqatli, sermazmun, ijodiy va tinimsiz mehnatlari uchun katta «rahmat» aytmoqchiman. Baraka topinglar, hurmatlilar. Reyting-peytinga balo bormi, toje mne. Tushdi nima, ko‘tarildi nima, to‘g‘rimi? Ota-bobong qilgan ishni qilsanglar bo‘lmaydimi, deydigan odam yo‘q. Choyxonalarimizdan, gap, ulfatchiliklarimizdan qo‘ymasin. Zato bizda Bunyodkor stadioni bor. Fayzimizni bersin.

PS: litseyda o‘qib yurgan paytlarimiz, darsda to‘polon qilsak, adabiyot o‘qituvchimiz Feruza opa bizga «Qancha qilma tarbiya, xo‘tikla kuchukchani, it bo‘lur, eshak bo‘lur, aslo bo‘lmas odamiy», derdilar. Negadir shu esimga tushib ketdi hozir. Nimaga ekan? Bu, prosto, man yoddan bilgan yagonalashtirilgan parchalardan biri bo‘lganidan bo‘lsa kerak», deb yozadi Komil Allamjonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring