Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kvartplata»dan qarzi borlarning elektrga pul to‘lashi cheklanadi

«Kvartplata»dan qarzi borlarning elektrga pul to‘lashi cheklanadi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda «kvartplata»ni to‘lamaganlarning elektrga pul to‘lashi cheklanadi.

Bu haqda «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarorida aytiladi. 

2026-yilning 1-iyulidan ko‘p kvartirali uy mulkdori har oyning 15-sanasiga qadar majburiy to‘lovlarni amalga oshirmasa, qarzdorlik bartaraf etilmagunga qadar elektr energiyasi uchun to‘lovlar qabul qilinmaydi.

Shuningdek, har bir kechiktirilgan kun uchun jismoniy shaxslar uchun — 0,1 foiz, yuridik shaxslar uchun — 0,4 foiz, biroq bir oylik qarzning 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qarorga ko‘ra, yangi uylarga domofon va kamera o‘rnatish ham majburiy bo‘ladi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring