Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniy meros ob’yektlari qabristonlarga aylantirib yuborilgan — prokuratura

Madaniy meros ob’yektlari qabristonlarga aylantirib yuborilgan — prokuratura

Madaniy meros ob’yektlari bilan bog‘liq 160 ta noqonuniy holatlar aniqlangan hamda 25 ta jinoiy ish ochilgan.

Madaniy meros agentligi va Bosh prokuratura rahbariyati hamda mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, madaniy meros ob’yektlardan 156 tasi qabristonlarga aylantirilganligi, 5 tasiga jiddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Tadbirda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hozirgi kunga qadar 8 ming 209 ta moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlari aniqlangan bo‘lib, shundan 4 ming 748 ta arxeologiya merosi ob’yekti hisoblanadi.  Joriy yil madaniy meros ob’yektlari hamda uning tutash hududlarda 160 ta noqonuniy holatlar aniqlangan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.

Shundan 25 tasi jinoiy ish, bunda 23 tasi arxeologiya yodgorliklari va uning hududida aniqlangan holatlar. 135 ta ma’muriy ishlar, bunda 34 ta holat arxeologiya yodgorliklari hududlarida qayt etilgan.

2023 yilning 8 oyi davomida arxeologiya tadqiqotlarini olib borish uchun 108 ta ruxsatnoma rasmiylashtirildi. Ruxsatnomalarning 78 tasi arxeologik qazuv uchun, 30 tasi arxeologik qidiruv uchun taqdim etilgan. Shundan 20 ga yaqini xalqaro qo‘shma ekspeditsiya hisoblanadi. 2022 yil davomida olib borilgan arxeologiya tadqiqotlari natijalari yuzasidan tayyorlangan 48 ta hisobotlar qabul qilib olindi hamda ekspertizadan o‘tkazildi.

«Xabar.uz» muxbirining «Madaniy meros ob’yektlari turizm marshrutlariga kiritilishi va sayyohlar o‘rtasida targ‘ib qilinishi bo‘yicha qanday ishlar olib borilyapti?» degan savoliga Madaniy meros agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Tursunali Qo‘ziyev shunday javob berdi:

– Bu borada Axsikent kompleksi yaxshi misol bo‘la oladi. U yerda sayyohlar ob’yektga zarar yetkazmagan holda harakatlanishi, arxeologlar yopiq joyda ishlashi uchun sharoitlar yaratilgan. Endi boshqa ob’yektlarni turizm marshrutlariga qo‘shishga kelsak, bu infrastrukturani rivojlantirish, kerakli sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq katta mablag‘ va mehnat talab qiladi. Shunga qaramay bu borada ishlar olib borilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring